1

Facebook`ning biz bilmagan imkoniyatlari borligini bilasizmi?

Hi-tech 26.04.2016, 15:44
Teglar: Ijtimoiy tarmoqlar, Internet, Facebook
Facebook`ning biz bilmagan imkoniyatlari borligini bilasizmi?

Hozir ko`pchilik Facebook ijtimoiy tarmog`idan foydalandi. Biroq, hamma ham ushbu tarmoqda foydalanuvchilar uchun virtual hayotni engillashtiradigan juda ko`p foydali dasturlar borligini bilmasa kerak. 

ChO`NTAKBOP MULOQOT

Feysbuk mutaxassislari yuqori tezlikdagi internetga chiqish imkoni bo`lmagan foydalanuvchilar uchun  Facebook Lite ilovasini ishlab chiqishdi. Bu dlastur yordamida siz do`stlaringiz sahifalari, suratlari va shaxsiy xronikasini ko`rishinigiz, do`stlik uchun so`rov yuborishiz va qablu qilishingiz mumkin. 

Nomildan ko`rinib turibdiki, ushbu ilova originaldan ko`ra engilroq versiyada ishlangan bo`lib, undan mukammal dizayn va interfeysi bilan farq qiladi. Barcha tugmalar, qo`shilmalar, matn shriftlari va ramkalari ancha soddalashtirilgan, Ushbu ilovadan foydalanish uchun yuqori tezlikdagi internetning keragi yo`q. Mazkur dastur tarmoq trafigini tejashda ham katta o`rin tutadi. 

QIZIQISh BO`YIChA GURUHLAR

Feysbuk foydalanuvchilari uchun har xil mavzudagi guruhlarga kirish imkoni mavjud. Bu guruhlarda siz o`zingiz qiziqqan mavzuda bahslashishingiz, e`lonlar bilan tanishishingiz, yangi hamkasb va do`stlar orttirishingiz mumkin. Masalan, mamlakatimiz miqyosida ochilgan  «Turist.uz»,  «Rabota v Uzbekistane» singari guruhlarda siz o`zingizni qiziqtirgan mavzularda ma`lumotlar olishingiz, yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Gohida sizga manzur bo`lgan postni bir yoki ikki soatdan keyin tarmoqdan topolmay qolasiz.  Bunda sizga Groups ilovasi yordlam beradi. Bu dastur yordlamida siz o`zingiz a`zo bo`lgan guruhlar ro`yxatiga tushasiz. Bu erda ushbu guruhlardagi har bir yangilik aks etadi. Bu sizning vaqtingiz va internet trafigingizni tejaydi. 

TEZKOR FOTOSURATLAR

Feysbukda mediafayllar, asosan fotosuratlarni ochish uchun ancha vaqt ketishi mumkin. Odatda foydalanuvchilar o`z hayotidagi yangilik va fotosuratlarni tezroq boshqalar bilan baham ko`rgisi keladi. 

Buning uchun tarmoqning asosiy sahifasidan kerakli “vkladka”ni topib, yuklash lozim bo`lgan fotosuratni belgilash kerak. Bunda esa sizga Moments ilovasi yordam beradi. U avtomatik tarzda fotosuratdan nusxa ko`chirib, asosiy ekranga chiqaradi. Siz mazkur dasturni ochishingiz bilan  oilngan tasvir FB sahifangizga ko`chadi. 

TUYG`ULARNI BO`LIShING

Sir emaski, Feysbuk orqali nafaqat matn va mediaxabarlarni bo`lishingiz, balki videoqo`ng`iroqlarni ham amalga oshirishingiz mumkin. Endilikda suhbatdoshingiz bilan yozisha turib, unga nafaqat smaylik va stikerlarni, balki turli his-tuyg`ularni aks ettiruvchi mini-kliplarni ham jo`natishingiz mumkin. Buning uchun Sound Clip ilovasini yuklab olishingiz kerak. Ushbu dastur telefoningizda ko`p joyni egallamaydi, lekin virtual muloqotni yanada rang-barang qilishga yordam beradi. 

ILOJI YO`Q NARSANING O`ZI YO`Q

Feysbukda vep-sahifadagi videofaylni to`g`ridan to`g`ri ko`chirib olishning imkoni yo`qligi ko`pchilik foydalanuvchilarning hafsalasini pir qilishi mumkin. Chunki, har gal videorolikni yuklab olish uchun bir muncha trafik talab etiladi. Qolaversa, har doim internet tezligi bir xil bo`lavermaydi. Biroq dasturchilar buning ham yo`lini topishgan.  «Play Market» virtual do`konidan siz bunday dasturlarning bir qanchasini topa olasiz.  

Eslatma: Bunday ilovalar android qurilmalar yordamida  “Play Market”dan bepul yuklab olinadi. Ishning tezligi va barqarorligi internet bog`lanishning sifati, mobil qurilmangiz turi, operasion tizim versiyasiga ham bog`liq.

Vladimir PAK tayyorladi.

Sharhlar

Facebook Rossiyada jarimaga tortildi

26.12.2021, 01:35

Moskva xalqaro sudi Meta platformasi (sobiq Facebook)ga katta miqdordagi jarimani qo`lladi. Bu haqda TASS xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, Meta platformasi Rossiya Federasiyasida taqiqlangan ma`lumotlarni o`chirmagani uchun...
"Facebook" Shavkat Mirziyoevga minnatdorlik bildirdi

01.12.2021, 23:40

O`zbekistonning AQShdagi elchisi J.Vaxabov «Facebook» kompaniyasi bo`limi direktori Endi O'Konnell bilan uchrashib, hamkorlik aloqalarini o`rnatish istiqbollarini muhokama qildi.Internetda, xususan, «Facebook», «Instagram» va «WhatsApp» platformalari orqali...
Facebook tarmog`i ishlamay qoldi. Bu Sukerbergga qimmatga tushdi

05.10.2021, 10:21

Facebook kompaniyasi  xuddi shu nomdagi ijtimoiy tarmoq, shuningdek Instagram i va WhatsApp yuklanmalarining barcha servislarida uzilish ro`y berganini tasdiqladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Downdetector.com ma`lumotlariga...
O`zbekistonda ba`zi ijtimoiy tarmoqlar vaqtincha cheklandi. Ular orasida Twitter, TikTok va “VKontakte” ham bo`lishi mumkin

02.07.2021, 17:11

“O`zkomnazorat” Axborot xizmati xabariga ko`ra, ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyati O`zbekiston hududida cheklandi.Xabarda aytilishicha, “Shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O`zbekiston fuqarolarining shaxsga doir...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1