"O`zgidromet" yangi haftada qanday ob-havo kuzatilishini "prognoz" qildi.
Unga ko`ra, 22-25 noyabr kunlari Qoraqalpog`iston, Xorazm viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 23-24 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 25 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 23 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 14-19° iliq, 24-25 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 23 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 24-25 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 noyabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 23-25 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.