Ijtimoiy tarmoqlarda ikki yosh qiz o`rtasidagi janjal chiqqani aks etgan video tarqaldi.
Poytaxt IIB mazkur fakt bo`yicha quyidagilarni ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, 16 noyabr kuni Shayxontohur tumanida 16 yoshli qiz 18 yoshli dugonasi bilan o`rtasidagi kelishmovchilikka barham berish niyatida u bilan "Eshonguzar" mahallasi hududida uchrashgan. Ammo ular orasida yana kelishmovchilik yuzaga kelgan va shu holat videoga tushib qolgan.
"Mazkur voqea asosida O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik togrisidagi kodeksining 183-moddasi («Mayda bezorilik») boyicha bayonnoma rasmiylashtirildi",-deyiladi xabarda.






