Qirg`iziston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Zamir Rakiev boshchiligidagi delegasiya Buxoroga keldi.
Tashrif so`ngida ikki mamlakat o`rtasidagi aloqalar yanada rivojlanishi va mustahkamlanishi uchun xayrli duolar qilindi, deya ma`lumot bermoqda Zamon.uz.
Mehmonlar, bugun erta tongdan Buxoro shahrida joylashgan tarixiy obidalardan Masjidi Kalon jome` masjidi, Poyi kalon ansambili va Mir Arab oliy madrasasi, Mir Arab o`rta-maxsus islom bilim yurti, Ko`kaldosh madrasasi hamda Labi Hovuz majmuasi, Nodir Devonbegi taxiriy obidalari bilan yaqindan tanishishgan.
Ulamolar Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilib, o`tganlar haqqiga Qur`on tilovat va Alloh taolodan xalqimizning tinchligi va farovonligini tilab duolar qilishgan.
Buxoro temiryo`l vokzalida martabali mehmonlarni Buxoro viloyati hokimi o`rinbosari Erkin Majidov, Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobirjon Elov, Mir Arab oliy madrasasi rektori Haydar Yuldoshxo`jaev hamda Mir Arab o`rta-maxsus islom bilim yurti mudiri Jaloliddin Saburovlar kutib olishgan.






