Hindiston janubi-sharqida kuchli yog`ingarchilik oqibatida kamida 41 kishi halok bo`ldi, 100dan ortiq odam bedarak yo`qolgan. Buhaqda The Times of India xabar berdi.
Qaydetilishicha, 18 noyabr kunidan boshlangan yomg`irlar tufayli 1316ta qishloqni suv bosgan. Tirupati shahrida elektr uzatish liniyalari va ko`plab aloqa stansiyalari zarar ko`rgan. Uylar, avtomobil yo`llari jiddiy ziyon ko`rgan.
Kuchli yog`ingarchilik oqibatida 612ta qoramol, 1,7 ming qo`y-echki halok bo`lgan. Umumiy zarar miqdori 310 ming dollarni tashkil etmoqda.
Manbada aytilishicha, Andxra-Pradesh shtati hukumati halok bo`lgan oilalarga 500 ming rupiy (6,5 mingdollar) to`laydi.