AsosiyDunyo

Istanbulda Interpol Bosh Assambleyasi 89- sessiyasi ochildi

'Istanbulda Interpol Bosh Assambleyasi 89- sessiyasi ochildi'ning rasmi

Biroz avval Turkiyaning Istanbul shahrida Interpol Bosh Assambleyasining 89- sessiyasi tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda Turkiya prezidenti Rejep Toyip Erdog`an Interpol Bosh Assambleyasining 89-sessiyasi ishtirokchilariga videomurojaat yo`lladi.

Sessiyada Interpolga a`zo davlatlarning milliy polisiya tuzilmalari rahbarlari va vakillari, shuningdek, dunyoning 140 dan ortiq davlatidan etakchi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi, deya ma`lum qiladi Interpolning O`zbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi.

Qayd etilishicha, xalqaro jinoiy polisiya tashkiloti prezidenti Kim Chon Yan tadbir ishtirokchilarini qutlab, o`z nutqida transmilliy jinoyatchilikning eng xavfli turlariga qarshi kurashish, polisiya faoliyati va Interpolning samarali faoliyatini ta`minlashga to`xtalib o`tib, kun tartibi bo`yicha Interpol Bosh Assambleyasining 89-sessiyasi ochilganligini e`lon qilgan.

Ma`lumot uchun, Bosh Assambleya yiliga bir marta yig`iladi va xalqaro hamkorlik uchun zarur bo`lgan ish usullari, moliya va faoliyat dasturlari hamda Interpol resurslariga ta`sir qiluvchi barcha muhim qarorlarni qabul qiladi. 

    Boshqa yangiliklar