Taniqli mutaxassislaridan biri, “Paxtakor” jamoasi bilan ko`plab yutuqlarni qo`lga kiritgan, shuningdek, O`zbekiston milliy terma jamoasida ham faoliyat yuritgan Samvel Vyacheslavovich Babayan “Navbahor” PFK bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 2022 yilgi mavsumni Samvel Babayan “Navbahor” bosh murabbiyligida boshlaydi.
Eslatib o`tamiz, Babayanga qadar Viktor Jalilov “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida ishlayotgandi.