AsosiyJamiyat
2182

Prezident IHT a`zosi bo`lgan Afg`onistondagi murakkab vaziyatga to`xtaldi

'Prezident IHT a`zosi bo`lgan Afg`onistondagi murakkab vaziyatga to`xtaldi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbari IHTda nutq so`zladi. Unda Prezident IHT a`zosi Afg`onistondagi bugungi vaziyatga ham alohida to`xtalib o`tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

"Ushbu mamlakat kun sayin og`ir gumanitar inqirozga kirib bormoqda.

Xalqaro hamjamiyat, jumladan, yaqin qo`shnilar yordamisiz afg`on xalqi yakka holda bu qiyin sinovlardan o`ta olmaydi.

Shu bois afg`on xalqiga zarur yordam ko`rsatish bo`yicha sa`y-harakatlarni birlashtirish va umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishimiz kerak.

Shuningdek, Afg`oniston bilan mintaqaviy ahamiyatga ega bo`lgan yirik savdo, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish ishlarini izchil davom ettirish tarafdorimiz".

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar