AsosiyJamiyat

Prezident Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri bilan sheriklikning strategik yo`nalishlarini muhokama qildi

'Prezident Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri bilan sheriklikning strategik yo`nalishlarini muhokama qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Bosh vaziri o`rinbosari – Prezident ishlari bo`yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi

O`zbekiston etakchisi Amirliklar tomonini milliy bayram – mamlakat tashkil topganining 50 yilligi bilan samimiy qutlab, do`st BAA xalqiga farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

Keng ko`lamli O`zbekiston-BAA hamkorligining strategik yo`nalishlarini rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi.

Qo`shma innovasion loyihalar va moliyaviy-texnik ko`mak dasturlarini amalga oshirish masalasiga alohida e`tibor qaratilib, bunda Dubaydagi EXPO butunjahon ko`rgazmasida ham o`zining yorqin ifodasini topgan mamlakatlarimiz salohiyatini hisobga olish lozimligi qayd etildi.

Istiqbolli loyihalarning yangi portfelini shakllantirish uchun yaqin fursatda hukumatlar delegasiyalarining ikki tomonlama uchrashuvlarini o`tkazishga kelishib olindi.

Boshqa yangiliklar