AsosiySport

Dzyudo: Sportchilarimiz Osiyo chempionatining ilk kunida 5ta oltin medalga ega bo`ldi

'Dzyudo: Sportchilarimiz Osiyo chempionatining ilk kunida 5ta oltin medalga ega bo`ldi'ning rasmi

Livan poytaxti Bayrut shahri mezbonligida o`tayotgan dzyudo bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionatining birinchi kuni o`z yakuniga etdi.  

Bugun o`smirlar o`rtasida jami 8 ta vazn toifasida g`olib va sovrindorlar nomi ma`lum bo`ldi. Quvonarlisi, dzyudochilarimiz 8 ta vaznda 9 ta medal qo`lga kiritishdi. Shulardan 5 tasi oltin, 3 tasi kumush, 1 tasi esa bronza medalidir.  

O`z vazn toifalarida Suhrob Po`latov (-60 kg), Elbek Tojiev (-66 kg), Laziza Haydarova (-40 kg), Ulbusin Hakimova (-44 kg) va Muhayyo Ahmatova (-48 kg) Osiyo chempioniga aylanishdi.  

Zamohshari Bekmurodov (-55 kg), Sardor Himmatov (-60 kg), So`g`diyona Rafkatova (-52 kg) kumush, Fazliddin Shokirov (-50 kg) esa bronza medaliga sazovor bo`ldi.

Boshqa yangiliklar