Hammasini boshqatdan boshlash mumkinligini isbotlovchi hayotiy haqiqatlar.
Irina Bezrukova
Irina va Sergey Bezrukovlar/ Irina Bezrukova va Sergey Braude
Irina va Sergey Bezrukovlarning 15 yillik oilasi shu paytgacha eng ideal oila hisoblanib kelingan edi. Ammo so`nggi yillarda juftlik ideal oila imijini saqlab qolish niyatida hech kimga sir boy bermadi. Biroq ko`pchilik oxirgi 8 yil mobaynida Sergeyning boshqa ayolga uylanganini, 2 farzand ko`rganligini yaxshi bilardi. Bu sir aktyorning qizi 6 yoshga, o`g`li 3 yoshga to`lganda fosh bo`ldi. Jurnalistlar bolalarning onasi, yosh aktrisa Kristina Smirnova ekanligini aniqlashdi. Kristina Sergey Bezrukov bosh qahramonni o`ynagan “Esenin” serialida rol o`ynagan. Irinaning do`stlari buni Irinaning farzand ko`ra olmagani uchun Sergey Bezrukov shunday yo`l tutdi deb izohlashdi. Irina birinchi turmushidan yagona — o`g`il farzand ko`rgan edi. Uning birinchi turmush o`rtog`i Igor Livanov bo`lgan. Qolgani xuddi kinodagiday davom etdi. Irinaning yakka-yu yolg`iz farzandi Andrey 25 yoshida infeksiyadan vafot etadi. Eri Sergey Bezrukov rejissyor Anna Matinson bilan don olisha boshlaydi. Ammo Irina o`zida yashash uchun kuch topa oldi. Aktrisa hozir o`zini tutib olgan, ijodini davom ettirmoqda, turli mashhur loyihalarda ishtirok etmoqda. U biznemen Sergey Braudega turmushga chiqib, baxtli hayot kechirmoqda.
Yuliya Svetlakova
Sergey va Yuliya Svetlakovalar
Yuliya va Sergey Svetlakov o`rtasidagi ishqiy munosabatlar ularning Ekaterinburgda o`tgan talabalik yillaridayoq boshlangan edi. Sergey talabalar o`rtasida o`tkazilgan QVZ larda qatnashib ko`zga ko`rindi. Shundan keyin TNT telekanalidagi “Nasha Rasha”, “Urgant bilan bir oqshom” teleko`rsatuvlarida ishtirok etib, mamlakatning mashhur shoumenlaridan biriga aylandi. Talabalikdagi muhabbat mis karnay sinovlaridan o`tolmadi. Sergey oilasini tashlab, baxtini qidirib ketdi. Ammo u qizi Nastyaga g`amxo`rlik qilishni unutmadi. 14 yillik baxtli hayotdan keyin Yuliya qizi va muammolari bilan katta shaharda yolg`iz qoldi. Sergey ko`p o`tmay, boshqa ayolga uylandi va o`g`il farzandli bo`ldi, uning ismini Ivan qo`ydi. O`z navbatida Yuliya Svetlakova ham turmushga chiqdi. Bu voqeani Sergeyning o`zi shunday izohladi:
“Men Yuliyadan ajrashganimdan xafa emasman, chunki hozir haqiqatan baxtliman. Ikki bebaxt odamning o`rniga to`rtta baxtli inson paydo bo`ldi. Yuliya ham o`z baxtini topganidan xursandman”.
Gven Stefani
Gven Stefani va Gevin Rossdeyl/ Gven Stefani va Bleyk Shelton
Deyarli bir davomida OAVlar Gven Stefani va Gevin Rossdeylning janjalli ajrashuvi haqida yozishdan to`xtamadi. 12 yillik baxtli hayot, 3 farzanddan keyingi ajrashuv barchaga beadablik bo`lib tuyuldi. Musiqachi yillar davomida bolalarining enagasi bilan ishqiy munosabatda bo`lib, rafiqasiga xiyonat qilib keldi. Bu sir ommaga fosh bo`lgandan keyin ham enaga bilan munosabatlariga chek qo`ymadi.
Rossdeyl bu mojarolarning barchasida rafiqasi Gven Stefanini aybladi. Erining ishi yurishmagan paytlarida Gven oilada asosiy boquvchi bo`lganligi sababli, gastrollarga ketar, uyda kam bo`lardi. Ajrashuvdan keyin tuturiqsiz Rossdeyl rafiqasining 120 million dollarlik topgan-tutganini bo`lishishni, oyma-oy aliment to`lashini talab qildi. Bu baxtsizlik ortidan Gvenga haqiqiy baxt kulib boqdi. U hamkasbi musiqachi Bleyk Sheltonga turmushga chiqdi. Hozir ular yana farzand kutmoqdalar. Ularning ijodlari ham gullab-yashnadi. Rossdeylning aliment to`lash haqidagi da`vosi sud tomonidan rad etildi. Uning ma`shuqasi bo`lgan enaga esa boshqa erkakka turmushga chiqib ketdi.
Sandra Bullok
Sandra Bullok va Jessi Jeyms/ Sandra Bullok va Brayan Rendall
Sandra Bullok bilan Jessi Jeymsning ajrashuvi 2010 yilda tillarda doston bo`ldi. Aynan shu yili aktrisa “Oskar” mukofotiga sazovor bo`ldi. Jeymsning ma`shuqasi model Mishel Makji ularning ishqiy munosabatlari haqida olamga jar solib, Sandraning “Oskar”dagi g`alaba kayfiyatini yo`qqa chiqardi. Keyinchalik Mishel Jeymsning yagona “sevgilisi” emasligi aniq bo`ldi. Jessining bunday “qahramonliklari” haqida eshitgan aktrisa dahshatga tushdi. Yaqin insonining xiyonatini unutish uchun Sandraga 5 yil kerak bo`ldi. Natijada taqdir aktrisaga haqiqiy baxtni hadya etdi. U xushsurat fotosuratchi Brayan Rendallga turmushga chiqdi. Ular Luisa va Layli ismli qizaloqlarni farzandlikka olishdi. Sandra Bullok qizil yo`lakchadagi birinchi raqamli aktrisaga aylandi. Jessi Jeymsning hayotida o`sha janjalli voqeadan keyin aytarli esda qolarli hodisa yuz bermadi.