Shavkat Mirziyoevning 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O`zbekiston xalqiga murojaat yo`ladi.
"Qadrli vatandoshlar!
Ma`lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, har yil 3 dekabr sanasi butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanib kelmoqda.
Bundan ko`zlangan asosiy maqsad – nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlarini ijtimoiy hayotning barcha sohalarida himoya qilish, ularning muammolariga keng jamoatchilik e`tiborini jalb etishdan iborat.
Ezgulik, mehr-oqibat, insonparvarlik timsoli bo`lgan ushbu ayyomda mamlakatimizdagi bir millionga yaqin imkoniyati cheklangan va nogironligi bo`lgan fuqarolarimizga hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Mehr-muruvvatli va bag`rikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga e`tibor va g`amxo`rlik ko`rsatishni jamiyatda tinchlik, do`stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biri sifatida e`zozlab keladi.
Ana shunday ezgu an`analarimizni bugungi zamon talablari asosida rivojlantirish maqsadida so`nggi yillarda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarimizni qo`llab-quvvatlash, ular uchun zarur barcha sharoitlarni yaratish borasidagi davlat siyosati yangi bosqichga ko`tarilmoqda.
Buning tasdig`ini “Nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonun qabul qilingani, mamlakatimiz Nogironlar huquqlari to`g`risidagi xalqaro konvensiyaga qo`shilgani, sohada mustahkam qonuniy baza yaratilgani misolida ko`rish mumkin.
Shu asosda imkoniyati cheklangan va nogironligi bo`lgan shaxslarning jamiyatdagi mavjud imkoniyatlardan foydalanish, harakatlanish, sog`liqni saqlash, ta`lim, bandlik, reabilitasiya, siyosiy-ijtimoiy hayotda ishtirok etish bilan bog`liq huquqlari ta`minlanmoqda.
Bu borada “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Yangi O`zbekistonda inklyuziv rivojlanish, ya`ni aholining barcha qatlamlari uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta`minlashga qaratilgan keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilayotgani muhim rol o`ynamoqda.
Biz ushbu yo`nalishda nogironligi bo`lgan insonlar – jamiyatning to`laqonli a`zolari, degan tamoyilga amal qilgan holda izchil ish olib bormoqdamiz.
Chindan ham, biz barpo etayotgan yangi, erkin va demokratik davlatda jamiyatning har bir a`zosi bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, o`z iste`dod va qobiliyatini ro`yobga chiqarish, mehnat bilan band bo`lish uchun zarur imkoniyatlarga ega bo`lishi shart.
Biz uchun nogironligi bo`lgan insonlarni ijtimoiy hayotimizning barcha sohalariga jalb etish ustuvor yo`nalish hisoblanadi. Yaqinda bo`lib o`tgan Prezident saylovida shu masalalarga alohida e`tibor qaratilib, nogironligi bo`lgan shaxslar saylov uchastkalariga kelib-ketishlari uchun transport bilan ta`minlangani, Brayl alifbosida saylov byulletenlari tayyorlangani va saylov uchastkalari panduslar bilan jihozlangani ularning siyosiy-ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishlarini ta`minlash yo`lida muhim qadam bo`lganini xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar ham e`tirof etdilar.
Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirganda, so`nggi ikki yilda pensiya va nafaqa oluvchi nogironligi bo`lgan shaxslar soni 100 ming nafarga ko`payib, ularning miqdori qariyb 2 barobarga oshirilganini ta`kidlash lozim. Shuningdek, barcha hududlarda “Saxovat va ko`mak” umummilliy harakati doirasida hamda “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga manzilli ijtimoiy yordam ko`rsatish tizimi yo`lga qo`yildi.
Nogironligi bo`lgan shaxslarni hayotga moslashtirish va ijtimoiy reabilitasiya qilish borasida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, keyingi yillarda 27 ta tibbiy-ijtimoiy muassasalar rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablarga mos bo`lgan 1,5 mingta davolash-reabilitasiya o`rinlari foydalanishga topshirildi.
Ana shunday fuqarolarimizga bepul beriladigan protez-ortopediya buyumlari va reabilitasiya texnik vositalarining ro`yxati 22 turdan 27 tagacha ko`paytirildi. Xususan, joriy yilning o`zida nogironligi bo`lgan bolalarning hayot sifatini yaxshilash maqsadida ular byudjet mablag`lari hisobidan qariyb 40 milliard so`mlik protez-ortopediya va reabilitasiya moslamalari, koxlear implantlar hamda