1

Samarqandda bir-biriga tutash bo`lgan xonadonlarda yong`in sodir bo`ldi

Jamiyat 06.12.2021, 10:42
Samarqandda bir-biriga tutash bo`lgan xonadonlarda yong`in sodir bo`ldi

Bugun, 6 noyabr kuni soat 07:30da Samarqand viloyati Samarqand tumani “Qoziqo`rg`on” MFYda joylashgan xonadonlarda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarga ko`ra, voqea joyiga 6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 07:42da etib borib,  yong`in 08:08da qurshab olingan va soat 08:58da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida 3 ta uyning jami 170 kv.m. maydonida tom, shift va uy jihozlari yonib zaralangan.

Yong`in oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

"Yuqoridagi kabi ko`ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so`rab qoladi",–deyiladi rasmiy xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1