AsosiyMadaniyat

Qozog`istonda “O`zbek kino kunlari” bo`lib o`tadi

'Qozog`istonda “O`zbek kino kunlari” bo`lib o`tadi'ning rasmi

Kinematografiya agentligi Qozog`istonda "O`zbek kino kunlari"ni taqdim etadi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi. 

6-8 dekabr kunlari Qozog`istonda “O`zbek kino kunlari” bo`lib o`tadi. Unda taniqli kinoijodkorlardan iborat o`zbek delegasiyasi ham ishtirok etadi . Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olingan o`zbek filmlari Qozog`iston milliy telekanallarida namoyish etiladi. O`zbek telekanallarida esa qozoq milliy filmlarining namoyishlari bo`lib o`tadi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi. 

Mazkur tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qozog`istonga tashrifi chog`ida madaniy hamkorlik aloqalarini yanada tiklash maqsadida tashkil etilmoqda.

Tadbirning ochilish marosimi 6 dekabr 17:00da Quanishbaeva nomidagi qozoq davlat akademik musiqa drama teatrida bo`lib o`tadi.

Tadbirning birinchi kunida Kinematografiya agentligi hamda "Vatan" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan rejissyor Hilol Nasimovning “Meros” hamda qolgan kunlari Jahongir Qosimovning "Kinomaniya" studiyasi tomonidan suratga olingan “Ibrat”, Rashid Malikovning "Tutqunlik" filmlarining maxsus namoyishlari bo`lib o`tadi. O`zbek delegasiyasining Qozog`istonga tashrifi davomida Qozog`iston axborot va aloqa vaziri o`rtasida uchrashuv o`tkaziladi.  

O`zbek delegasiyasida Agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligida rejissyor Hilol Nasimov, aktyorlar Karim Mirhodiev, Fotih Nasimov, aktrisalar Gavhar Zokirova, Aysanem Yusupova, estrada xonandasi Rayhon G`anieva va boshqalar ishtirok etishadi.  

Shuningdek, Quanishbaeva nomidagi milliy akademik drama teatrida ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, kinoijodkorlar bilan mahorat darslari, animasion va hujjatli filmlar namoyishlari o`tkaziladi.

Eslatib o`tamiz joriy yilda o`zbek va qozoq ijodkorlari hamkorlikda "Meros" badiiy filmi va "Abay so`zi" hujjatli kartinalarini suratga olishgan edi. "O`zbek kinosi kunlari" doirasida hamkorlikdagi yangi filmlar “Qo`shnilar” (“Sosedi”) hamda  “Eshelonlar Sharqqa ketadi” («Eshelon idut na Vostok») kinoloyihalarining muhokamasi bo`lib o`tadi.

Alohida qayd etish kerakki, 6 dekabr kuni soat 10:00da  Qozog`istonning Xabar telekanali "Ilxaq" filmini namoyish qilsa, "El Arna" telekanali 12:00da "Alisher Navoiy" filmini efirga uzatadi. Shuningdek, "Ilxaq" ham ushbu telekanalda 7 dekabr 12:00da namoyish etiladi. O`zbek telekanallarida esa "Nebo moego detstva", "Orexovoe detstvo", "Kanikul offlayn", "Jau jurek mn bala" kabi qozoq milliy filmlarining namoyishlari bo`lib o`tadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar