“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Manchester Siti”ga qarshi EChL yarim final javob o`yini oldidan o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi. Shuningdek, portugaliyalik futbolchi “Qirollik klubi”ni kelajakda qaysi murabbiy boshqarishi kerakligini aytdi.
“Zidan futbolchi bo`lganida uning o`yinlaridan hayratlanar edim. Endi esa uning murabbiyligi meni hayratga soladi. Uni kelgusida ham “Real” ustozi sifatida ko`rishni istayman, – dedi Ronaldu.
31 yoshli futbolchi bo`lajak o`yin haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.
“Manchester Siti”ga qarshi o`yin oson kechmasligini bilamiz. Jamoa PSJ to`sig`idan o`tdi, demak ular kuchli. Bor kuchimizni ishga solgan holda g`alaba qozonishga harakat qilamiz, – deya qo`shimcha qildi hujumchi.