Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahrida erkaklar va ayollar o`rtasida voleybol bo`yicha O`zbekiston kubogi musobaqasi bo`lib o`tdi.
Hisob bo`yicha 18-marta tashkil etilgan musobaqada mamlakatimizning eng kuchli 16 ta jamoasi chempionlik uchun kurash olib bordi.
Ayollar o`rtasida bo`lib o`tgan bahslarda Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi g`oliblikni qo`lga kiritdi. 2- o`rinni Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi egallagan bo`lsa, Urganch davlat universiteti qizlari 3-o`rin bilan taqdirlanishdi.
Erkaklar o`rtasidagi bahslar ham keskin qarama-qarshiliklarga boy bo`ldi. Musobaqada yuqori saviyali o`yin namoyish etgan “O`zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Uztelecom” jamoasi g`olib chiqib, voleybol bo`yicha O`zbekiston kubogi sohibiga aylandi.
Musobaqaning 2-o`rini Olmaliqning OKMK jamoasi qo`lga kiritgan bo`lsa, 3-o`rin bir yo`la ikki jamoa – Farg`ona viloyatining “Buvayda tadbirkor” hamda Mudofaa vazirligining MHSK jamoalariga nasib etdi.