Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Manchester Siti”ga qarshi (1:0) EChL javob o`yinidan so`ng o`z fikrlarini bildirib o`tdi.
“Chempionlar ligasi finaliga chiqqanimizdan mamnunman. “Manchester Siti”ni kichik hisobda taslim qilgan bo`lsak-da, asosiysi finalga yo`llanma oldik.
Men 15 kun maydonga tusha olmadi, biroq odamlar tez tiklanishimni unutib qo`ygan. Men biroz charchadim, ammo finalda ekanimizdan baxtliman”, – deydi Ronaldu.
Ma`lumot o`rnida, EChL finalda Madridning ikki klubi – “Atletiko” va “Real” to`qnash keladi. Ushbu uchrashuv Milanda, 28 may kuni bo`lib o`tadi.