Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoev huzurida er hisobi va davlat kadastrlarini to`liq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig`ilish bo`lib o`tmoqda.
Prezident matbuot kotibining mazkur tadbirdan xabar berishicha, yig`ilishda O`zbekiston tarixida ilk bor qishloq xo`jaligi erlarini yalpi xatlovdan o`tkazib, elektron ro`yxatdan o`tkazishni boshlagani va 23 million gektar qishloq erlarining elektron xaritalari yaratilgani ta`kidlangan. Qayd etilishicha, shundan, bugungi kunga qadar 22 million gektari davlat ro`yxatidan o`tkazilgan. Bundan tashqari, hisobga olinmagan 412 mingta ko`chmas mulk kadastr bazasiga kiritilgan, 478 mingta ob`ektda qo`shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bahosi qayta ko`rib chiqilgan.
Shu bilan birga, xatlovda ko`plab muammolar ham aniqlangani aytiladi. Misol o`rnida, elektron hisobga olinayotgan qishloq xo`jaligi erlari qog`oz shaklida yuritib kelingan Er fondi hisoboti amaliyot bilan farq qilgani aytiladi.
Shuningdek, yig`ilishda yo`l, elektr, gaz ta`minoti, suv xo`jaligi, obodonlashtirish ob`ektlari, ko`p qavatli uylarga tutash hududlar kadastrida ham ko`plab muammolar mavjudligi ham qayd etilgan.
"Bu juda katta va muammoli masala, janob hokim va prokurorlar. Buning orqasida pora va korrupsiya turibdi. Yuqoridagi natijalar er kadastri sohasida boshlagan ishlarimizning 50 foizi, xolos. Hali oldimizda qilinadigan ishlar ko`p. Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Biz kelgusi yilda 80 ming gektar paxta va g`alladan bo`shagan erlarni aholiga bo`lib berishni reja qilganmiz. Agar erning hisobi, aniq chegarasi bo`lmasa, bu ishlarni amalga oshirib bo`lmaydi", - deydi Prezident.
Shu bilan birga, qaerda bo`sh er borligi to`g`risida ham aniq ma`lumot yo`qligi, bu bilan 30 yil hech kim shug`ullanmagani ham alohida qayd etilgan. Ma`lum qilinishicha, oqibatda kadastr hujjati bo`lmagani uchun 2 milliondan ziyod oilalar uy-joylarini na kredit garovi sifatida qo`ya oladi, na uni sota oladi.