BMTning Qochqinlar ishlari bo`yicha komissiyasi ma`lum qilishicha, 2021 yilda 150 mingga yaqin Yaman fuqarosi o`z uylarini tark etgan.
Qayd etilishicha, mamlakatda hamon davom etayotgan qurolli to`qnashuvlar va iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi tufayli tinch aholi vakillari uylarini tark etishga majbur bo`lgan.
Eng ko`p Marib, Toiz va Hadiya viloyatlari aholisi uylarini tark etgani ma`ulum qilindi. Yamanda boshlangan qurolli to`qnashuvlardan beri ichki qochqinlar soni 4 millioon kishiga etgani aytildi.