Bugun soat 10:31da Marg`ilon shahar 7-YoQQga Marg`ilon shahar A.Navoiy MFY Mustaqillik ko`chasi 525 uy, 40xonadonda yong`in bo`layotganligi bo`yicha habar kelib tushdi. Bu haqda FVB xabar bermoqda.
Yong`in-qutqaruvchilar voqea joyiga 10:34da etib borib, 10:36da yong`in o`rab olinib, 10:38da to`liq o`chirilgan. Yong`indan uyning 4 m² da uy jixozlari yongan. 53 m² maydoni saqlab qolingan.
Sodir bo`lgan yong`inda uy egasi fuqaro A.K kuyish natijasida voqea joyida vafot etgan.
Xodisa o`rganilganda, yong`inning taxminiy sababi, Xonadon egasi tomonidan nosoz elektr kabellaridan belgilanmagan tartibda uyning pol qismidagi gilam to`shamasi ustidan tortilgan bo`lib, qo`shni xonadonlarga xavfsizlik talablariga zid ravishda olib kirilganligi, bu ham etmagandey bitti udlinitilga ortiqcha yuklanish yuklatilganligi natijasida kelib chiqqanligi ma`lum qilinmoqda.






