Prezident matbuot kotibi ma`lum qilishicha, Prezident farmoni bilan Polshaning Varshava shahrida bo`lib o`tgan shaxmat bo`yicha jahon chempionatida g`oliblikni qo`lga kiritgan va mazkur sport turining rapid yo`nalishida jahonning eng yosh chempioni sifatida e`tirof etilgan Nodirbek Abdusattorov «Mard o`g`lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Prezident ko`rsatmasi bilan unga Toshkent shahrida 2 xonali xonadon sovg`a qilinadi.






