AsosiyJamiyat

Vodiy viloyatlarida kuchli bulduruq hodisasi kuzatilmoqda

'Vodiy viloyatlarida kuchli bulduruq hodisasi kuzatilmoqda'ning rasmi

Namangan, Andijon hamda Farg`ona viloyati ayrim hududlarida kuchli bulduruq hodisasi kuzatilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, bu hodisa kuz-qish mavsumlarida sovuq oqimning chekinishidan so`ng, antisiklon pereferiyasi davrida yuzaga keladi.

Bulduruq, bu yangi atama emas. Xalqimizda ''bir bulduruq, uch qorga tatiydi'', degan naql yuradi.

Antisiklon pereferiyasida havoda nisbiy namlikning o`ta yuqoriligi (o`ta qalin tuman), sezilar-sezilmas hududga xos shamollar hamda havo haroratining -5 darajadan past sovuq bo`lgan paytda kuzatiladi. Bu paytda ko`rinuvchanlik keskin cheklanib, havoda suv bug`lari kristalizasiyalashadi. Fizikada bu — sublimasiya hodisasi deyiladi. Suv bug`ining bug` holatdan qattiq holatga o`tish jarayoni. Natijada, havoda kristalizasiyalashgan zarrachalar engil shamol kuchi ta`sirida daraxt shoxlari, simyog`och va maysa ustiga yopishadi.

Bulduruqning vodiy viloyatlarida davom etishi 30-31 dekabr kunlari ham kuzatilishi mumkin. Antisiklon pereferiyasi butunlay chekingandan so`ng, hodisa kuzatilmaydi.

Eslatib o`tamiz o`tgan yilgi qish mavsumida Qashqadaryo va Surxondaryo vilyaotlarida mazkur hodisa kuzatilgan edi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar