1

Maqsud Shayxzoda haqidagi film hamkorlikdagi eng yaxshi kinoloyiha sifatida e`tirof etildi

Jamiyat 31.12.2021, 01:07
Teglar: kinematografiya agentligi
Maqsud Shayxzoda haqidagi film hamkorlikdagi eng yaxshi kinoloyiha sifatida e`tirof etildi

Kinematografiya agentligi va Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “First art media” studiyasi tomonidan suratga olingan “Maqsud Shayxzoda. Erkka intilgan shoir” hujjatli filmi Ozarbayjon Respublikasida ham namoyish etildi.  

Film ssenariy muallifi va rejissyor Nurillo Narzullaev, operator Muzaffar Yusupov, prodyuser Tohirbek Qo`chqorbekov.

Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan mazkur kinokartina O`zbekiston va Ozarbayjon hamkorligida yaratilgan eng yirik va eng yaxshi kinoloyiha sifatida e`tirof etildi hamda film prodyuseri Tohir Qo`chqorbekov faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Kinokartina haqida Ozarbayjon Respublikasi televidenie, matbuot va internet nashrlarida xabarlar chop etildi, hozirda film ozarbayjon tiliga tarjima qilinmoqda.

Sharhlar

“Matonat” filmi xalqaro kinofestivalda mukofotlandi

03.11.2021, 17:15

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olingan "Matonat" hujjatli filmi Artemis distribyutorlari assosiasiyasi tomonidan Sloveniya davlatida bo`lib o`tgan kinofestivalda...
Toshkentda Butunrossiya kinematografiya davlat instituti filiali ochildi

08.10.2021, 16:36

Toshkent shahrida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya davlat instituti filiali ochildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi. 2021/2022 o`quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar (ta`lim yo`nalishlari) bo`yicha...
Toshkent Xalqaro Kinofestivali doirasida “Kino 5 kunda” ko`rik-tanlovi o`tkaziladi

25.08.2021, 17:31

Besh kun davom etadigan Toshkent Xalqaro Kinofestivali o`zida bir qancha muhim jarayonlarni jamlagan bo`lib, “Kino 5 kunda” tanlovi ham shular jumlasidan. Tanlovda 30dan ortiq davlatdan...
Kinematografiya agentligi markaziy apparatidagi 10 ta vakant lavozim uchun tanlov e`lon qilindi

24.08.2021, 15:46

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda Agentlik markaziy apparatidagi vakant lavozimlarga tanlov e`lon qildi. Ular quyidagilar:— Ishlab chiqarish va iqtisod boshqarmasi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1