AsosiyJamiyat

Toshkentda "Samarqand darvoza" oldida "ognetushitel" portlatildi. Jarohatlanganlar bor (video)

'Toshkentda "Samarqand darvoza" oldida "ognetushitel" portlatildi. Jarohatlanganlar bor (video)'ning rasmi

​​Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi «Samarqand darvoza» savdo majmuasi oldida o`t o`chirish moslamasini yoqib, uning portlashi natijasida odamlar jarohatlangani haqida ma`lumotlar va videotasvirlar tarqalmoqda.

IIV matbuot kotibining ma`lum qilishicha, joriy yilning 1 yanvar kuni tungi soat 00.45 larda Shayxontohur tumani  “Qoratosh” ko`chasi avtoqatnov yo`lida bayram bahonasi bilan aholi yig`ilib, bir nechta fuqarolar avtoyo`lni ajratib turuvchi to`siqqa mushakbozlik qilish maqsadida qo`lbola usulda yasalgan “o`t o`chirish” moslamasini joylashtirib, tagidan olov yoqishi oqibatida moslama chaqnashi kuzatilgan.

Natijada, mushakbozlikni telefoni kamerasiga tasvirga olayotgan fuqarolar, 1997 yilda tug`ilgan M.S. (Tashxis: qorin yumshoq to`qimalari lat eyishi), 1999 yilda tug`ilgan M.A. (Tashxis: o`ng oyoq boldir, tovon sohalari yirtilgan jarohati) hamda 2006 yilda tug`ilgan X.N. (Tashxis: o`ng oyoq panja qismi yirtilgan, majaqlangan jarohati, oyoq barmoqlari noto`liq amputasiyasi) turli ko`rinishdagi jarohat olganlar.

Hozirda, holat yuzasidan moslamani tayyorlagan hamda uni yoqqan shaxslarni aniqlash bo`yicha tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Fuqarolarimizga, dam olish kunlari farzandlarimizni va yaqinlarimizni bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlarini nazorat qilish naqadar muhimligini eslatib o`tamiz", - deyiladi xabarda.

 

 

    Boshqa yangiliklar