AsosiySUG'DIYONA
21594

Ayolning hech qachon erkakka aytmasligi lozim bo`lgan gaplari

Erkak va ayol o`rtasida aytilishi taqiqlangan gaplar u darajada ko`p emas, sevgan insoningizga aynan qaysi gapni aytish qat`iyan man etilganini bilasizmi? Unda tanishing, “Aif.ru” nashri sizni ular bilan tanishtiradi.  

1. Hech qachon ilgari yoqtirgan odamingiz haqida so`z ochmang

Hech qachon sevgan odamingizga birinchi muhabbatingz, ilgari kimnidir yoqtirganingiz haqida gapirmang. Har doim “faqat sizni sevganman, sizdan boshqa hech kim menda bunday taassurot uyg`otmagan” deb aytishdan charchamang. Erkak kishi eshitgan narsasini unutib yubormaydi, unga ishonib aytgan gapingiz o`zingizga qarshi ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga unga “Mendan oldin kimni sevgansiz?”, “U qanaqa edi?” degan savollarni bermang. Qancha kam bilsangiz, shuncha xotirjam uxlaysiz.

2. Uning obro`sini to`kib, erga urmang

Erkak sha`niga tegadigan gaplarni gapirishdan tilingizni tiying. Janjallashgan paytlarda uning jahlini chiqarish uchun og`zingizga kelgan gapni gapirishdan tiyiling. U sizga buni aytmasa-da, hech qachon gaplaringizni unutmaydi. Buni kamchilik sifatida qabul qilib, o`zida aynan sizning haqoratlaringiz asosidagi xususiyatlarni dunyoga keltiradi. 

3. “Xiyonat qildim” deb aldamang

Sevgan insoningizning jahlini chiqarish, rashk qildirish uchun “xiyonat qildim” deb aldamang. Erkak kishi sizning yolg`onlaringizga ishonishi mumkin. U hech qachon xiyonatni kechirmaydi, unutmaydi. Kelajakda ro`y beradigan arzimas janjalda ham sizga tez-tez “xiyonatkorligingizni” eslatib turadi.

4.Onasi haqida yomon gap gapirmang

Bu ham taqiqlangan mavzulardan biridir. Qaynonagiz bilan munosabatlaringiz qanchalik yomon darajada bo`lmasin, bu haqda eringizga bildirmang. Uning o`zi onasini yomonlagan taqdirda ham siz qo`shilmang, bunga sizning haqqingiz yo`q.

5. Hadeb noliyvermang

Ayol qanchalik ko`p nolib, shikoyat qilaveradigan bo`lsa, erkak undan uzoqlashib boraveradi. Hamma narsaning o`z o`rni va joyi bor. Agar gapingiz ichingizga sig`may ketayotgan bo`lsa, eringizga bir marta gapirib ko`ring. Har kuni yaraga tuz sepib, ming`irlagandan ko`ra, bir marta qattiq gapirgan afzal. Shunda ham eringizning qorni to`q, ishdan charchab kelmagan paytda gap boshlang. O`zingizga yoqmagan holatni, baqirmasdan, xotirjam ohangda tushuntirishga harakat qiling. Diplomat bo`lishga intiling.  

6.Erkakni kam pul topishda ayblamang

Erkakka “Siz bo`shang, lattasiz! Shuning uchun topish-tutishingizning tayini yo`q”, degan gaplarni aytishdan o`zingizni tiying. Agar butun ro`zg`or tashvishi ayolning bo`ynida bo`lsa, bunga uning o`zi aybdor. Ayol to`ydan ilgari kimga turmushga chiqayotganini yaxshi bilgan, bu erda erkakning aybi yo`q. Janjal-to`polon bilan erkakni superqahramonga aylantirishning iloji yo`q. Bekorga xalqimiz “Erni er qiladigan ham xotin, qora er qiladigan xotin” demagan. Vaziyatni yotig`i bilan tushuntirib, u bilan birga qaror qabul qilishga harakat qiling.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar