AsosiyDunyo

Bugun dunyodagi eng keksa ayol tug`ilgan kunini nishonlamoqda

'Bugun dunyodagi eng keksa ayol tug`ilgan kunini nishonlamoqda'ning rasmi

Dunyodagi eng keksa ayol 119 yoshda. Yaponiyalik ayol Keyn Tanaka 2005 yildan beri Fukuoka prefekturasidagi qariyalar uyida yashaydi. 

Koronavirus cheklovlari uning qarindoshlari bilan uchrashishiga imkon bermasada, lekin u zerikmaydi, erta uyg`onadi, shirinliklar iste`mol qiladi, stol o`yinlarini o`ynaydi.

Keyn Tanaka 1903 yil 2 yanvarda tug`ilgan, Ikkinchi jahon urushi paytida u eri va to`ng`ich o`g`lidan ayrilgan. Butun umri davomida yaponiyalik ayol urushdan oldin ochilgan do`konda ishlagan. U erda guruch pishiriqlari sotgan va o`tgan asrning 70-yillarida nafaqaga chiqqanidan keyin, u bir necha bor Amerikaga tashrif buyurgan. Keyn Tanaka 103 yoshida saraton o`simtasini olib tashladi va shundan beri ayolda jiddiy kasalliklar aniqlanmadi.

    Boshqa yangiliklar