AsosiyJamiyat

Tog`li hududlaridagi dam olish maskanlariga tashrif buyuruvchilar soni keskin ortib ketdi

'Tog`li hududlaridagi dam olish maskanlariga tashrif buyuruvchilar soni keskin ortib ketdi'ning rasmi

2021 yil 31 dekabrdan 2022 yil 10 yanvar kuniga qadar Bo`stonliq tumanining "Amirsoy" tog`li dam olish maskanlariga olib boruvchi yo`lda xavfsizlikni va yo`lning o`tkazuvchanlik imkoniyatini inobatga olgan holda vaqtincha bir tomonlama harakatlanish tashkil etilganligi haqida xabar berilgan edi.

Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi️ning ma`lum qilishicha, ayni kunlarda Bo`stonliq tumanining tog`li hududlaridagi dam olish maskanlariga tashrif buyuruvchilar soni keskin ortganligi, dam olish maskanlari atrofidagi avtoturargohlar transportlar bilan to`lganligi, ushbu hududda ishchi guruh tuzilib harakat xavfsiligini ta`minlash bo`yicha faoliyat olib bormoqda.

️Barcha fuqarolardan ushbu vaziyatni to`g`ri baholab, holatdan odilona yo`l bilan chiqishni so`ralmoqda.

️Haydovchilardan esa:

  • spirtli ichimlik iste`mol qilib, rul boshqaruviga o`tirmasliklarini;

 

  • belgilangan tezlik talablariga hamisha amal qilishlarini;

 

  • YPX xodimlarining ishoralariga rioya qilishlari so`ralmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar