"Omikron"ning asosiy 8 ta belgisi ma`lum qilindi

Salomatlik 03.01.2022, 09:59
"Omikron"ning asosiy 8 ta belgisi ma`lum qilindi

Yangi shtammning belgilari tanada infeksiyadan keyingi ikkinchi kundan boshlanadi va taxminan besh kun davom etadi, deya yozmoqda "Zamon" nashri.

Ekspertlar koronavirusning  "omikron" shtammining dastlabki bosqichlarida paydo bo`ladigan va shamollash yoki grippga o`xshash sakkizta alomatlarini nomladi.

Yangi shtammning belgilari tanada infeksiyadan keyingi ikkinchi kundan boshlanadi va taxminan besh kun davom etadi. Janubiy Afrika, Buyuk Britaniya va Qo`shma Shtatlar shifokorlari quyidagi alomatlarni nomlashdi:

— tomoq og`rig`i

— belning pastki qismi og`rig`i

— burun oqishi

— bosh og`rig`i

— charchoq

— aksirmoq

— tungi terlash

— tanadagi og`riqlar.

Ta`kidlanishicha, alomatlar an`anaviy COVID-19 belgilariga qaraganda kamroq aniqlanadi, chunki ular shamollash yoki grippga juda o`xshaydi.

Shunga qaramay, mutaxassislar ularni e`tiborsiz qoldirmaslik va vaqtida shifokor bilan maslahatlashishni maslahat berishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1