O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati joriy hafta uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun respublika hududining katta qismida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, faqat shimoliy va sharqiy hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat foni me`yordan 4-5 daraja yuqori bo`ladi va 11-16 daraja iliqlikni tashkil etadi.
Hafta davomida Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi, shimoliy hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik asosan qor ko`rinishida bo`ladi, 3-4 yanvarda ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ehtiyotli va ehtiyotkor bo`ling!
Havo harorati kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 7-12 daraja iliq atrofida va me`yorga yaqin bo`ladi.
3-4 yanvarda O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublika bo`yicha ba`zi joylarda tuman kuzatiladi






