Ayni daqiqalarda shaxmatning rapid yo`nalishi bo`yicha jahon tarixidagi eng yosh chempion Nodirbek Abdusattorovni taqdirlash marosimi bo`lib o`tmoqda.
Hozirgina tadbirda Davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov yosh chempionga "Mard o`g`lon" mukofotini topshirdi, deya xabar bermoqda Darakchi.uz muxbiri Karimjon Zaripov.
"Mamlakatimizda sportni keng ommalashtirish, vatanimiz shon-shuxratini jahon miqyosida oshishiga qo`shgan munosib hissasi, o`zining yuksak azmu-shijoati va maxoratini namoyon etib, Polshaning Varshava shahrida shaxmat bo`yicha bo`lib o`tgan jahon chepmionatida g`oliblikni qo`lga kiritgani, "rapid" yo`nalishida dunyoning eng yosh chempioni sifatida e`tirof etilib, yoshlarga alohida namuna ko`rsatgani uchun Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o`g`li "Mard o`g`lon" davlat mukofoti bilan taqdirlanadi",-deya Nodirbekka mukofotni taqdim etadi Abdujabbor Abduvohidov.






