Bugun, 4 yanvar kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yog`mir yog`adi. Bu haqda "O`zgidromet" xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buhoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Havo harorati 7-12° iliq bo`ladi.
Poytaxtda esa vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 7-9° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, kuchli bo`lishi mumkin. Tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.






