AsosiyDunyo

Covid-19'ga qarshi 4- doza: Isroil qayta vaksinalashni boshladi

'Covid-19'ga qarshi 4- doza: Isroil qayta vaksinalashni boshladi'ning rasmi

Kecha, 3 yanvar kuni Isroilda qayta vaksinalash boshlandi.

Mamlakatda qo`llaniladigan Pfizer vaksinasining to`rtinchi dozasiga nomzodlar orasida 60 yoshdan oshgan odamlar va tibbiyot xodimlari borligi aytiladi. Bu haqda Euronews yozmoqda

Qayd etilishicha, avvaliga mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi uchinchi va to`rtinchi dozalar o`rtasida kamida 4 oy o`tishi kerakligini ta`kidlaydi. 30 dekabr kuni ema immuniteti pasaygan odamlar uchun preparatning qo`shimcha kuchaytiruvchi dozasi yuborilgan. Birinchi qayta emlanganlardan biri 70 yoshli Tel-Avivlik Jeykob Zilberman bo`lgan: "Bugun men vaksinaning to`rtinchi dozasini olish uchun keldim. To`rt yil oldin menda buyragimni ko`chirib o`tkazdim. Navbatdagi vaksina esa men uchun sog`lig`imni himoya qilish imkoniyatidir. Erta tongdan birinchilardan bo`lib emlash uchun etib keldim",-deydi u.

Rasmiylar yaqin kunlarda mamlakatda 50 ming infeksiya holati aniqlanishiga tayyorgarlik ko`rishayotganini bildirgan. Bosh vazir Naftali Bennet bir hafta ichida ijobiy testlar soni anchagina oshganini aytadi.

Souraskiy tibbiyot markazidan doktor Idan Milicher ham to`rtinchi dozani oldi:

"Birinchidan, menga shunday imkoniyat berilgani uchun keldim va men ham bemorlarimni himoya qilishni xohlayman. Shuningdek, oilam, xotinim va bolalarimni ham. Agar butun aholi emlansa, 2022 yilda pandemiyasini yutamiz, deb o`ylayman",-deydi doktor.

    Boshqa yangiliklar