AsosiyJamiyat

"Qamchiq"da qor yog`moqda. YHXBB haydovchilarga murojaat qildi

'"Qamchiq"da qor yog`moqda. YHXBB haydovchilarga murojaat qildi'ning rasmi

Ayni daqiqalarda "Qamchiq" dovonida qor yog`moqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo`lni qordan tozalash va muzlamalar hosil bo`lishining oldini olish ishlarini muvofiqlashtirib bormoqda.

Xabar berilishicha, maxsus texnikalar yordamida dovon yo`lini qordan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi️ barcha haydovchilarga murojaat qildi.

"Oraliq masofani saqlagan holda, tezlik me`yorini oshirmasdan, texnik soz transportda, qoidalarga rioya qilib harakatlanishlarini so`raymiz",– deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar