Xabaringiz bor, 2021 yilning sentyabr oyida Xiva shahrida bo`lib o`tgan TURKSOY xalqaro tashkiloti doimiy kengashining 38-majlisida Turkiyaning Bursa shahri Turkiy davlatlarning madaniy poytaxti sifatida bir ovozdan tasdiqlandi.
Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” deb e`lon qilingan Bursaning bu yil ko`plab muhim tadbirlarga mezbonlik qilishini ta`kidladi.
Ersoy Bursaning Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti (TURKSOY) tomonidan “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” deb e`lon qilinishi munosabati bilan o`tkazilgan yig`ilishda so`zlagan nutqida 2022 yil Bursada ko`plab madaniy tadbirlar va muhim voqealar bo`lishi kutilayotganini bildirdi.
Ersoy “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” deb e`lon qilinishi munosabati bilan bu yil Bursada katta tantanalar bo`lib o`tishini aytar ekan, jumladan, o`tgan yili Istanbul shahrida birinchi bor o`tkazilgan “Qo`rqut ota Turk dunyosi Film Festivali” ning ikkinchisini 2022 yilda Bursada tashkil etilishini ma`lum qildi.
Ersoy shuningdek, Bursa shahrining geografik joylashuvi va rivojlangan transport tarmog`i bu shaharga kelmoqchi bo`lgan turistlar sonining oshishiga ham xizmat qilishini ta`kidladi.
Mehmet Ersoy Bursa shahriga berilgan “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” maqomi ham haqida so`z yuritar ekan, buning naqadar yuksak va mas`uliyatli maqom ekanligini va undan to`g`ri foydalanilsa, shahar xalqi uchun katta imkoniyatlar eshiklarini ochishini tilga oldi.
Ersoy, TURKSOY tomonidan 2012 yildan beri berib kelinayotgan “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” maqomiga shu kunga qadar Ostona, Eskishehir, Qozon, Marv, Turkiston, O`sh va Xiva shaharlari loyiq topilganlini eslatar ekan, hozirda mazkur maqom Bursada ekanligining barcha mutasaddi tashkilotlar zimmasiga mas`uliyatli vazifalar yuklashini qo`shimcha qildi.






