1

Benzin importi 112 mln. litrga oshgan: qaysi davlatga qancha import qilindi

Iqtisodiyot 04.01.2022, 13:18
Benzin importi 112 mln. litrga oshgan: qaysi davlatga qancha import qilindi

 Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O`zbekistonga qiymati 115,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 308,4 mln. litr avtomobil benzini import qilingan.

Avtomobil benzini importi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 112 mln. litrga oshgan.

 O`zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar: 
🔸Rossiya – 145,3 mln. litr 
🔸Turkmaniston – 141,2 mln. litr    
🔸Qozog`iston – 16 mln. litr 
🔸Iroq – 3,6 mln. litr 
🔸Eron – 1,8 mln. litr

O`zbekistonda 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 1 mln. tonnadan ziyod avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1