AsosiySport

Bugun O‘zbekiston Venesuela bilan o‘ynaydi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi FIFA Series turniri doirasida Venesuelaga qarshi maydonga tushadi.

'Bugun O‘zbekiston Venesuela bilan o‘ynaydi'ning rasmi

Uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi. Mazkur turnir FIFA tasarrufida tashkil etilgan bo‘lib, poytaxt yana bir xalqaro o‘yinga mezbonlik qilmoqda.

Shu kuni yana bir bellashuv ham o‘tkaziladi — Gabon va Trinidad va Tobago terma jamoalari “Paxtakor” stadionida soat 15:00 da o‘zaro kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 27 mart kunida Gabonga qarshi o‘yinda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ushbu bahsda Eldor Shomurodov, Jahongir O‘rozov va Alisher Odilov gol urgan.

    Boshqa yangiliklar