AsosiyJamiyat

Namanganda mashinasiga ruxsat etilmagan mayoqcha o`rnatgan haydovchiga chora ko`rildi

'Namanganda mashinasiga ruxsat etilmagan mayoqcha o`rnatgan haydovchiga chora ko`rildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Lacetti" rusumli, 50V358GA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi qoidalarni buzgan holda transport vositasiga ruxsat etilmagan mayoqcha o`rnatganligi aks etgan video tarqaldi.

Video yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, ushbu "Lacetti" rusumli, 50V358GA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismi tartibida bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar