Buxoro viloyatiga 2021 yilda jami 2,2 million nafar sayyoh tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, xorijiy turistlar soni 48,9 ming nafardan oshgan. Ko`rsatkich 2020 yilga nisbatan ichki turizmda qariyb 8 baravarga, xorijiy sayyohlar soniga nisbatan 3,5 baravarga ortgan.
Shuningdek, 2021 yilda 78 ta yangi katta-kichik mehmonxonalar (724 ta xona, 1919 ta o`rin) ishga tushishi hisobiga ularning umumiy soni 415 taga (4463 ta xona, 10 shtp 323 ta o`rin) etgan. Turoperatorlar soni 121 ta, gid-ekskursovodlar 252 ta, sayyohlar uchun restoranlar 90 ta, turistik avtobus va mikroavtobuslar 281 tani tashkil etgan.






