AsosiyJamiyat

3 yanvar kuni uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan 17 yoshli bo`stonliqlik yigit qidirilmoqda

'3 yanvar kuni uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan 17 yoshli bo`stonliqlik yigit qidirilmoqda'ning rasmi

17 yoshli Inomjon Ismatov qidirilmoqda. Bu haqda "darakchi.uz"ga Inomjonning yaqinlari uning topilishida ko`mak so`rab murojaat qilishdi.

Ma`lum qilinishicha, Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumani, Iskandar qo`rg`oni, Naqshbandiy ko`chasi, 124-xonadonda istiqomat qiluvchi 17 yoshli Inomjon shu yilning 3 yanvar kuni ertalab soat 10:00da chiqib ketib, bedarak yo`qolgan. 

Ko`rgan-bilganlardan aloqaga chiqishlari so`raladi. 

Aloqa uchun telefon raqamlari: +99897-333-75-10, +99893-106-77-11.

 

    Boshqa yangiliklar