AsosiyJinoyat

Buxoroda mast erkak akasini xotinini pichoqladi. Natijada...

'Buxoroda mast erkak akasini xotinini pichoqladi. Natijada...'ning rasmi

Joriy yilning 4 yanvar kuni soat 22:00 larda Romitan tumani Sho`rcha mahallasida yashovchi, 1984 yilda tug`ilgan H.N. spirtli ichimlik iste`mol qilgan holda, o`z akasining xotini 1982 yilda tug`ilgan K.D. bilan uning uyiga borib janjallashib qoladi. 

Ma`lum bo`lishicha, jahlini jilovlay olmay oshxona pichog`i bilan yangasining chap ko`krak pastki qismiga ikki marotaba, o`ng ko`krak pastki qismiga bir marotaba urib, og`ir tan jarohati etkazgan.

Hozirda jabrlanuvchi tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilib, tibbiy muolajalar qilinmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan H.N.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar