AsosiyDunyo

“Deltakron” shtammi laboratoriyadagi xatolik tufayli paydo bo`lgan bo`lishi mumkin - JSST eksperti

'“Deltakron” shtammi laboratoriyadagi xatolik tufayli paydo bo`lgan bo`lishi mumkin - JSST eksperti'ning rasmi

JSST eksperti Mariya Van Kerkxove Kiprda aniqlangan “deltakron” shtammi laboratoriyadagi xatolik tufayli paydo bo`lganini taxmin qildi. Bu haqda u shaxsiy Twitter sahifasida ma`lum qilgan, deya yozmoqda "Zamon" nashri.

“ ‘Deltakron’ shtammi katta ehtimoli bilan laboratoriyadagi jarayonlarning ifloslanishi oqibatida shakllangan bo`lishi mumkin”, – degan u.

Kerkxofe, shuningdek, turli viruslarning bir vaqtdagi sirkulyasiyasini nomlashda “deltakron”, “flurona” kabi atamalarni qo`llamaslikni so`ragan. Uning fikricha, “bu virus yoki shtammlarning birlashishini anglatadi, bu jarayon esa kuzatilmayapti”. Ekspert koronavirus va grippga qarshi emlanishni, ijtimoiy masofa saqlashni, niqob taqish va doimiy ravishda xonalarni shamollatib turishni maslahat bergan.

Avvalroq “Omicron” bolalar uchun ko`proq xavf tug`dirishi mumkinligi to`g`risida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar