AsosiyDunyo

​“Omikron”: Pandemiya tarixida yangi rekord qayd etildi

'​“Omikron”: Pandemiya tarixida yangi rekord qayd etildi'ning rasmi

Dunyoda pandemiya tarixidagi yangi rekord o`rnatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, kecha qariyb 3 million 160 ming kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Eng yomoni, ko`rsatkichlar bir kun avvalgi holatga nisbatan yana 1 milliontaga ko`p.

Favqulodda o`sish sur`atlari AQSh hissasiga to`g`ri keladi. Bu erda 9 yanvar kuni 315 ming odam  SOVID-19ni yuqtirgani ma`lum qilingandi. Oradan bir kun o`tgach, bu raqam 1 million 400 taga etgan.

G`arbiy Evropaning ayrim davlatlarida esa aksincha, pandemiya to`lqini birmuncha pasayayotgani kuzatilmoqda. Masalan, Fransiyada bir kun ichida kasallanish ko`rsatkichlari 296 mingtadan 87 mingtaga tushdi. Boshqa qator davlatlarda esa epidemiologik vaziyat kundan kun murakkablashib boryapti.

Masalan, so`nggi kunlarda Filippinda “omikron” dominant variantga aylandi. Shu sababli mamlakatda kunlik kasallanish ko`rsatkichlari 33 mingtadan oshib ketdi. Bu pandemiya davrida hududda qayd etilgan eng yuqori ko`rsatkichdir.

Ruminiyada ham epidemiologik vaziyat yomonlashgani haqida rasmiy xabarlar tarqaldi. “Biz hozir pandemiyaning beshinchi to`lqiniga ro`baro` keldik va koronavirus tarqalishi bo`yicha Evropada etakchi o`rinda turibmiz”, deb bayonot berdi mamlakat Sog`liqni saqlash vaziri A. Rafila.

10 yanvar holatiga ko`ra, bu erda hozirgacha 1,85 million kishi SOVID-19ga chalingan. Xastalikdan vafot etganlar soni esa 59 ming nafarni tashkil etyapti.

Yangi mutasiya Bolgariya aholisi salomatligiga ham xavf solmoqda. Kecha hududda “omikron”ni yuqtirgan yana 52 bemor ro`yxatga olindi. Polshada esa mazkur shtamm bilan bog`liq 10 ta yangi holat aniqlanib, jami "omikron"ni yuqtirganlar 162 nafarga etdi.

Shuningdek, yangi variant kirib borgan mamlakatlar safiga Ozarbayjon ham qo`shildi. Qo`shni davlat — Qozog`istonda ham “omikron” qayd etilganidan buyon ko`rsatkichlar keskin ko`paymoqda. Misol, uchun bu erda so`nggi sutkada 2 230 nafar bemorda kasallik qayd etilgan.

Turkiyada yangi yilning ilk kunida 36 ming odam SOVID-19ni yuqtirib olgani ma`lum qilingandi. 10 yanvar kuniga kelib esa kunlik ko`rsatkichlar deyarli ikki barobar oshib, 65 mingtaga etdi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining maxsus vakili Devid Nabarroning fikricha, “omikron” shtammi tufayli kelgusi uch oy odamlar uchun og`ir bo`lishi mumkin. Biroq dunyo bo`yicha pandemiyaning tugash muddati yaqinlashmoqda.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi esa “omikron”ning ba`zi xavfli belgilarini e`lon qildi.  

Nafas olishning qiyinlashishi, ko`krak qafasida doimiy og`riqlar paydo bo`lishi,  uyqudan turish qobiliyatining susayishi, teri, lab va tirnoqlar rangining ocharishi shular jumlasidan. Shifokorlar, shuningdek, kuchli charchoq, tomoq og`rig`i, quruq yo`tal va mushak og`rig`ini xarakterli alomatlar, deb hisoblaydi.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar