AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda o`simlik yog`i arzonlashadi

'O`zbekistonda o`simlik yog`i arzonlashadi'ning rasmi

QQS bo`yicha qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi va ikkinchi o`qishda ko`rib chiqilib, qabul qilindi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev xabar qilmoqda.

Unga ko`ra 2021 yil 1 maydan 2022 yil 30 aprelga qadar bo`lgan davrda quyidagilar qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilinadi:

- O`zbekiston Respublikasi hududiga o`simlik yog`i, kungaboqar va zig`ir urug`i, shuningdek soya danagini olib kirish;

- o`simlik yog`ini (paxta yog`idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizasiya qilish bo`yicha aylanma.

Ta`kidlanishicha, ushbu qonunni qabul kilish Davlat byudjetining 800,0 mlrl. co`m atrofida daromadlari yo`qolishiga olib keladi. Yo`qotilgan summani soliq va bojxona ma`murchiligini takomillashtirish, shuningdek, alohida imtiyozlarni bekor qilish bo`yicha takliflar hisobiga qoplash ko`zda tutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar