“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining so`nggi, 38-turida turida “Deportivo” qarshi (2:0) uchrashuvda dubl muallifi bo`lib, mavsum davomida kiritilgan gollar sonini 51 taga etkazib oldi.
Portugaliyalik 31 yoshli futbolchi klub miqyosida qatorasiga oltinchi mavsum 50 va undan ortiq gol kiritib kelmoqda. Ushbu mavsumda Ronaldu La Ligada 35 ta, EChLda 16 ta gol kiritgan.
Futbol mutaxassislarining qayd etishicha, bunday rekordni qayta takrorlashning deyarli ilojisi yo`q.