Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarafshon shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Z.G.” MChJ tomonidan jamiyatga qarashli g`isht ishlab chiqarish sexi tabiiy gaz tarmog`idan uzilgan bo`lsada, o`zboshimchalik bilan payvandlash yo`li bilan tarmoqqa qayta ulangan. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, jjinoyat natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 384 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






