Futzal bo`yicha Oliy liga bahslarining 2021/22-yilgi mavsumi davom etmoqda. Unda qatnashayotgan “Stroitel-Zarafshon” klubi O`zPFLga rasmiy xat chiqarib, jamoa futzal bo`yicha mamlakat chempionati va kubogining 2022-yilgi uchrashuvlarida ishtirok eta olmasligini bildirdi. Bunga jamoaning moliyaviy jihatdan og`ir ahvolda qolgani sabab bo`lmoqda. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.
Ma`lumot uchun, O`zbekiston chempionati joriy mavsumida 11 o`yin o`tkazgan “Stroitel-Zarafshon” 1 ochko bilan musobaqa jadvalida oxirgi bo`lib turibdi.






