Fransiyaning janubi-g`arbida kuchli yomg`irlar oqibatida suv toshqinlari sodir bo`ldi. Bu The Local nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, tabiiy ofat natijasida bir nafar ayol halok bo`lgan. 70 yoshli ayol Tuluza g`arbidagi Mervil yaqinidagi uyi oldida suvga cho`kib, halok bo`lgan.
Shaharga yaqin joydagi bir nechta maktablar yopilgan. Avtobuslar qatnovi ham bekor qilingan. Metro bekatlari ham suv toshqinlari sababli noma`lum muddatga yopilgan.






