AsosiySport

Pike "Real"dan uchralgan mag`lubiyatga izoh berdi

'Pike "Real"dan uchralgan mag`lubiyatga izoh berdi'ning rasmi

"Barselona" himoyachisi Xerard Pike Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Real"dan uchralgan mag`lubiyatga izoh berdi.

"Nazarimda, biz yaxshi o`ynadik, ammo g`alabani qo`lga kirita olmadik. Albatta, biz kutgan natija emas. "Real"ga yutqazish og`riqli, ammo o`yin ko`rsatdiki, biz g`alabaga yaqin keldik.

O`yin mobaynida ko`p marotaba tavakkal qilgan holda hujumga o`tdik. "Real" to`pni egallab, qarshi hujumlarda ko`pchilik bo`lgan holda gol urib ketishdi. Mag`lubiyatga uchragan bo`lsak-da, boshni tik tutgan holda maydonni tark etishga sabab bo`ladigan o`yinni namoyish etdik. 

Tarkibga qaytgan barcha futbolchilar a`lo darajada to`p surdi", - deya Pike so`zlaridan keltirmoqda Marca.

Boshqa yangiliklar