Qatar Yulduzlar ligasining 13-turida kutilmagan nohush holat yuz berdi.
"Ar-Rayyan" va "Al-Vakra" uchrashuvida malilik himoyachi Usmon Kulibali hushini yo`qotib maydonga qulab tushadi. Buni birinchi bo`lib sezib qolgan Xames Rodriges shifokorlarning maydonga tushib kelishiga qadar birinchi yordamni ko`rsatadi.
Rodriges malilik futbolchini boshini ko`tarib, uning nafas olishiga ko`maklashadi. Keyinchalik shifokorlar uni kasalxonaga olib ketadi. Ma`lum qilinishicha, Kulibalida yurak xuruji kuzatilgan.






