AsosiyDunyo

8 nafar davlat BMTda ovoz berish huquqidan mahrum bo`ldi.

'8 nafar davlat BMTda ovoz berish huquqidan mahrum bo`ldi.'ning rasmi

Eron va boshqa davlatlar yig`imlarni o`z vaqtida to`lamagani uchun BMTda ovoz berish huquqidan mahrum bo`ldi. Bu haqda oav.uz xabar berdi. 

 Venesuela, Eron, Sudan va yana bir qator mamlakatlar yig`imlarni to`lamagani uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotida ovoz berish huquqidan mahrum qilindilar. Bu haqda bosh kotib Antoniu Guterrish Bosh assambleyaga yo`llagan maktubida aytib o`tgan.

Qayd etilishicha, BMT Nizomiga ko`ra, a`zo davlat qarzi avvalgi ikki yil davomida to`lashi kerak bo`lgan badallar miqdoriga teng yoki undan ortiq bo`lsa, uning ovoz berish huquqi to`xtatiladi.

Guterrishning so`zlariga ko`ra, 2022-yilda bu Komor orollari, San-Tome va Prinsipi hamda Somaliga ham tegishli bo`ladi.

Hozirda ovoz berish huquqidan mahrum bo`lgan davlatlar ro`yhatiga Eron, Sudan, Venesuela, Antigua va Barbuda, Kongo, Gvineya va Papua-Yangi Gvineya kabi davlatlar kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar